Navro‘z – bu tinchlik va totuvlik, farovonlik bayrami. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy Aviatsiya Bilim Yurtida ham ushbu bayram ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Erta tongdan doshqozonlar osilib, ahillikda solingan sumalak o‘z atrofiga yosh-u qarini birlashtirdi. Bo‘linmalar o‘rtasida tashkil etilgan osh musobaqasi va bahoriy taomlar ko‘rgazmalari ham Navro‘zning birdamlik va hamjihatlik elchisi ekanligidan yana bir bor darak berdi. Milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar esa tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi. El suygan xonandalar, baxshi va laparchilar tomonidan ijro etilgan ko‘p asrlik xalq og‘zaki ijodi namunalari kuylandi.