Uchrashuv yoshlarning harbiy sohaga, xususan aviatsiya yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishi va ongli yondashuvini rivojlantirish, ularni sohadagi zamonaviy yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda rahbariyat bilan ochiq muloqot maydoni vazifasini o’tadi.
Yoshlarga sohadagi qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, malaka oshirish jarayonlari hamda kelgusidagi kasbiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Unib borayotgan yosh avlod o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha rahbariyatga bevosita savollar bilan murojaat qilib, aniq va asoslangan javoblar olishdi.
Institutda bu kabi uchrashuvlar muntazam o’tkazilib muloqot orqali ularning kasbiy rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilib olgan.