5-fevralda kursantlarning tarbiyasi va talim sifatini oshirish hamda tanlagan kasbiga muhabbat, yuqori vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O`R OHABYning uchuvchi kursantlari bilan Rossiya Federatsiyasi “Роствертола” vakillari Rossiya Federatsiyasi qahramoni sinovchi uchuvchi polkovnik Anatoliy boshchiligida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Anatoliy o’zining hayoti, ayniqsa qanday uchuvchi bo’lganligi haqida qisqacha gapirib berdi. Yig’ilganlarning iltimosiga ko’ra Anatoliy hayotidagi qanday voqea sababli davlat rahbarlari tomonidan mukofotlanganligini va Rossiya qahramoni bo’lganini so’zlab berdi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Rostvertol vakillari uchun maktab hududi bo`ylab ekskursiya tashkil etildi, unda zamonaviy texnik o`quv qurollari bilan jihozlangan sinflar va bilim yurti muzeyi namoyish etildi.