Yoshlar bilan tez-tez uchrashish, ularning harbiy hayot bilan yaqindan tanishishi orqali sabot, mustahkam iroda kabi sifatlarini oshirish, o’z manfaatidan yurt manfaatini ustun qo’yuvchi kelajak avlodni shakllantirish borasida ko’pgina uzluksiz tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Harbiy aviatsiya institutiga ham bugun turli tumanlardan turlicha yoshdagi o’quvchilarning tashrifi uyushtirildi. Ekskursiya davomida o’quvchilar harbiylar uchun eng zarur bo’lgan mutolaa maydoni, zamona ilmi bilan hamnafas kamol topishlari maqsadida yaratilgan dasturlash, IT, innovatsiyalar uchun mo’ljallangan xonalar, jismoniy chiniqishlari uchun sport trenajyorlari, madaniy hordiq va ruhiy yuklamalarni yechish markazlarida bo’lib, chinakam ma’noda bugungi kun armiyasi uchun yetishib chiqayotgan kadrlar har tomonlama raqobatga tayyor, shuningdek o’z ishining ustasi bo’lib saflarga qo’shilayotganligiga yana bir bora amin bo’lishdi.
