O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni — Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh avlodni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Jumladan, kamida ikki million nafar yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha belgilangan dolzarb vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida innovatsion va kasbiy yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur jarayon doirasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ushbu hujjat doirasida viloyatdagi umumta’lim maktablari o’qituvchilari bilan amaliy mashgʻulotlar jadal ravishda olib borilmoqda.